MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI TO‘G‘RISIDA AXBOROT

25.04.2023

2557

msk_yangiliklari_in

Bugun, 25-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasining video-konferensiya shaklidagi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilishga oid masalalar ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSKning qarori bilan YXHT DIIHB, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Chexiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 45 nafar kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bugungi kunga kelib, xalqaro tashkilotlardan hamda xorijiy mamlakatlardan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan kuzatuvchilarning umumiy soni 383 nafarni tashkil etdi.

Shuningdek, MSKga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib, mahalliy ommaviy axborot vositalarining 55 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 131 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu bugunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 964 nafarni tashkil etdi.

Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur