O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIGA REFERENDUMGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH DAVRIDA KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR YUZASIDAN MAʼLUMOT

05.05.2023

3089

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga

referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida

kelib tushgan murojaatlar yuzasidan

MAʼLUMOT

 

Oʼzbekiston Respublikasi referendumini oʼtkazish davrida 2023-yil 14-mart – 1-may kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga jami 308 ta murojaat kelib tushdi (shundan 157 tasi yozma107 tasi ogʼzaki44 tasi elektron shaklda).

Ushbu murojaatlarning 196 tasi bevosita Oʼzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʼtkazishga oid boʼlib, jumladan, referendumga qoʼyilayotgan masala boʼyicha maʼlumot berish, referendum qonunchiligi normalarini qoʼllash, referendum oʼtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzosi sifatida roʼyxatga olish va komissiya aʼzolariga haq toʼlash, referendum uchastkasi binosini taʼmirlash, ovoz beruvchi fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish, oʼz referendum uchastkasini aniqlash yoki oʼzgartirish tartibi boʼyicha tushuntirishlar berish, referendum oʼtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzolarining faoliyatidan qanoatlanmaganlik masalalarini qayd etish mumkin.

Taʼkidlash lozimki, referendum davrida Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha, xususan okrug komissiyalarining qarorlarini bekor qilish hamda referendum okrugi boʼyicha ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishga oid murojaatlar kelib tushmadi.

Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan, Oʼzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʼtkazishga oid boʼlmagan murojaatlar 112 tani tashkil etdi. Shulardan, 48 tasi sud-huquq masalalariga, 46 tasi ijtimoiy masalalarga, 11 tasi amaldagi qonunchilikka takliflar berishga, 5 tasi fuqarolar yigʼinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʼtkazishga hamda qolgan 2 tasi yer masalalariga oid murojaatlardir.

Oʼz navbatida, Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan 308 ta murojaatning barchasi atroflicha oʼrganilib, ularning 222 tasi boʼyicha mualliflarga Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov va referendum qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 77 tasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq mazmunan koʼrib chiqish uchun vakolatli davlat organlari va tashkilotlarga taalluqliligi boʼyicha yuborildi, qolgan ta takroriy murojaatda esa yangi vajlar keltirilmaganligi sababli, murojaat mualliflari bilan oʼtkazilgan suhbatdan soʼng ularning iltimosiga koʼra koʼrib chiqish tugatildi.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasining referendumini oʼtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor hamda samarali koʼrib chiqish, fuqarolarga referendumni oʼtkazishga oid masalalar yuzasidan qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi huzurida tezkor axborot berish markazi (Call-markaz) tashkil etildi.

Shuningdek, Respublika boʼylab fuqarolar tomonidan Call-markazga kiruvchi-chiquvchi qoʼngʼiroqlarni amalga oshirish uchun koʼp tarmoqli 1200 qisqa raqamli va xorijda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun (998) 55-500-12-00 raqamli alohida aloqa liniyasi ajratilib, uning uzluksiz ishlashi taʼminlandi.

Qayd etish kerakki, Sall-markaz Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Milliy gvardiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Markaziy saylov komissiyasi xodimlaridan iborat 10 nafar ekspertlar jalb qilingan holda 2023-yil 1-apreldan boshlab to referendum yakunlari rasmiy eʼlon qilingan 1-may kuniga qadar, har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha, ovoz berish kuni esa 8:00 dan 24:00 gacha ish olib bordi.

Shu oʼrinda, referendum davrida Call-markazga jami 1 470 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, ularning asosiy qismi, aniqrogʼi 301 tasi referendum qonunchiligi normalarini qoʼllashga, 291 tasi referendum uchastkasini aniqlashga, 285 tasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berishga, 235 tasi referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini tashkil etishga, 93 tasi ovoz beruvchi fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishda koʼmaklashishga, tasi referendum uchastkasida qonun buzilishiga yoʼl qoʼyilganligiga, 248 tasi referendum bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa maishiy masalalarga oid murojaatlardir. Kelib tushgan qoʼngʼiroqlarning tasi anonim murojaat sifatida qayd etilgan.

Ayrim referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonida yoʼl qoʼyilgan qonunbuzarliklar, bir shaxsning bir nechta shaxslar nomidan ovoz berganligi kabi holatlar haqida referendum kuni jami bora xabar va murojaatlar kelib tushgan boʼlib, ularning 5 tasi Toshkent shahriga, 2 tasi Samarqand viloyatiga, 2 tasi esa Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpogʼiston Respublikasiga toʼgʼri keladi. Mazkur murojaatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan alohida nazoratga olinib, okrug komissiyalari bilan hamkorlikda oʼrganildi.

Markaziy saylov komissiyasi va referendum oʼtkazuvchi tegishli okrug komissiyalari tomonidan oʼtkazilgan tekshirishlar natijasida yuqoridagi kabi qonunbuzarlik holatlari toʼgʼrisidagi xabarlarning 1 tasi oʼz tasdigʼini topgan boʼlib, qolgan 8 ta holatda qonunbuzarlik toʼgʼrisidagi xabarlar oʼz tasdigʼini topmagan hamda bu boʼyicha tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Bir soʼz bilan aytganda, fuqarolar, referendum tashkilotchilari, jurnalistlardan kelib tushgan barcha murojaatlarga Markaziy saylov komissiyasining masʼul xodimlari, saylov va referendum boʼyicha yetakchi ekspertlar va huquqshunos olimlardan iborat navbatchilar guruhi tomonidan oʼz vaqtida malakali javoblar qaytarildi hamda bironta murojaat eʼtibordan chetda qolgani yoʼq.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur