2023-yil 21-iyul kuni soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi masalalari o‘rin olgan.
Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.