O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi a’zolari AQSH prezidentlik saylovini sarhisob qilish bo‘yicha yakuniy tadbirlarda ishtirok etdi

07.11.2024

1037

msk_yangiliklari_in

6-noyabr kuni 2024-yildagi AQSH Xalqaro saylov dasturlari yakunida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi a’zolari “Saylov natijalarini sarhisob qilish: nima bo‘ldi va keyin nima bo‘ladi?” mavzusidagi munozarada ishtirok etdi.

 

IFES dasturlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ketrin Ellena moderatorligida bo‘lib o‘tgan munozarada ma’ruzachilar tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda saylov kunining asosiy xulosalarini, shuningdek, bundan keyin nima bo‘lishi mumkinligini muhokama qilishdi.

 

“2022 yilgi Saylovchilar ovozlarini sanashni isloh qilish to‘g‘risidagi” Qonun qabul qilinganligi tufayli 2024-yilda ovozlarni sanab chiqish jarayoni 2020-yildan farq qiladimi?

 

Sessiya ma’ruzachilarining nutqlarida ta’kidlanganidek, AQSH qonunchiligiga muvofiq, mamlakat prezidenti saylovlari bilvosita, ya’ni ularni saylovchilarning ko‘proq ovozini to‘plagan nomzod emas, balki ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘alaba qozonish uchun zarur tanlovchilar soni bo‘lishi lozim.

 

Tanlovchilar kollegiyasi 538 kishidan iborat bo‘lib, ular AQSH prezidenti va vitse-prezidentini saylaydilar. G‘alaba qozonish uchun nomzodga oddiy ko‘pchilik ya’ni kamida 270 tanlovchi ovozi bo‘lishi lozim.

 

Muayyan shtatdan tanlovchilar soni uning geografiyasi va aholisiga bog‘liq: har bir shtat AQSH Kongressida qancha vakili bo‘lsa, shuncha tanlovchilarga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, aholisidan qat’i nazar, har bir shtat avtomatik ravishda uchta tanlovchi ovoziga ega, chunki barcha shtatlarda ikkita senator va Vakillik palatasida kamida bittadan o‘rin mavjud.

 

Kaliforniya eng aholi zich joylashgan shtat bo‘lganligi sababli, u yerda eng ko‘p tanlovchilar (54) hamda eng kam tanlovchilar esa Vermont (3) shtatida. Har bir shtat o‘ziga ajratilgan tanlovchilar ovozlarini qanday taqsimlashni o‘zi hal qiladi. Odatda, ularning barcha ovozini umumiy saylov paytida shtat saylovchilarining oddiy ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritgan nomzod avtomatik ravishda ega bo‘ladi. Istisno sifatida Men (4) va Nebraska (5) shtatlari qonunlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan.

 

Agar nomzod 270 nafar ovoz to‘plamagan bo‘lsa, Vakillar palatasi ovoz beradi. Unda bo‘lajak prezident 50 ta shtatdan kamida 26 tasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.

 

IFES Prezidenti, Bosh ijrochi direktori Entoni N. Banberi 2024-yildagi AQSH Saylov dasturi doirasidagi ishlarni sarhisob qilar ekan, tadbirda 60 dan ortiq mamlakatlardan 500 dan ziyod saylov organlari vakillari, ekspertlar va saylov mutaxassislari ishtirok etganini ta’kidladi. Saylov dasturi ishtirokchilar saylovlar haqida ko‘proq ma’lumot olishlari uchun ishlab chiqilganligini qayd etib o‘tdi va ishtirokchilar tajriba orttirib, uni o‘z amaliyotlariga tatbiq etishlariga umid bildirdi.

 

Entoni N. Banberi saylov ma’murlari ba’zida hujumlar, zo‘ravonlik va bosimni qaytarishga majbur bo‘lishini qayd etib, ularning roli va mehnatini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Shuningdek, 6-noyabr kuni, rais o‘rinbosari B.Kuchkarov AQSH Kongressi Senatining Qoidalar va ma’muriyat qo‘mitasi vakillarining saylov organlari vakillari bilan uchrashuvida ishtirok etdi. Mazkur Qo‘mita boshqa masalalar qatorida federal saylovlar, shu jumladan prezident, vitse-prezident va Kongress a’zolari sayloviga oid qonun loyihalari, xabarlar, petitsiyalar, memorandumlar va boshqa masalalarni dastlabki ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

 

 

Kunning yakunida Markaziy saylov komissiyasi a’zolari IFESning Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Anya Kamberlend hamda Dastur va tadqiqot bo‘yicha maslahatchi Entoni S. Boyer bilan uchrashdilar.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur