Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida davra suhbati

02.11.2023

1364

msk_yangiliklari_in

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Xalqimizning irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator normalar o‘z aksini topdi” mavzusida viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. 

 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova, Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Bahodirjon Yunusov, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Muhammadbobur Karimov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdan joy olgan saylov tizimiga oid moddalar va ularning mazmun mohiyati haqida ma’lumotlar bermoqdalar. 

 

 

Ushbu davra suhbatida Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, faol talabalar ishtirok etmoqda.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur