2023-yil 27-mart kuni soat 15:00 da Markaziy saylov komissiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish hamda Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar o‘rin olgan.
Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati