18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18.11.2024

41

msk_yangiliklari_in

Davlat bayrog‘i o‘tmish, hozir va kelajak o‘rtasidagi mustahkam bog‘, o‘zbek xalqining boy va faxrlangulik buyuk madaniy va tarixiy merosini, asrab-avaylashga sodiqligini, o‘zbekistonliklarning tinchlik, birdamlik va yuksalishga intilishini aks etadi.

 

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek saqlaganlar.

 

Biz uchun ham bayrog‘imiz tariximiz, g‘ururimiz, shon-sharafimiz ramzi, ezgu intilishlarimiz va ertangi kunimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

 

Davlatimiz bayrog‘i Vatanimiz ulug‘vorligini qalblarimizga jo etib, iliqlik hissini baxshida etsin. Doimo mag‘rur hilpirayversin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur