Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatiga ishga qabul qilish shartlari to‘g‘risida

 MA’LUMOT

 

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni ishga qabul qilish shartlari:

 

Oliy pedagogik ma’lumotga, ilmiy darajaga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3-yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, xorijiy (ingliz va/yoki rus, qoraqalpoq) tilni o‘zlashtirgan bo‘lishi talab etiladi. 

 

Oliy yuridik ma’lumotga ega, saylov qonunchiligini o‘zlashtirgan va xorijiy til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi. 

 

Ushbu talablarga ega nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi va shaxsiy fazilatlari baholanadi. 

 

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi bosh maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni ishga qabul qilish shartlari:

 

Oliy pedagogik ma’lumotga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2-yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, xorijiy (ingliz va/yoki rus, qoraqalpoq) tilni o‘zlashtirgan bo‘lishi talab etiladi.

 

Oliy yuridik ma’lumotga ega, saylov qonunchiligini o‘zlashtirgan va xorijiy til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

 

Ushbu talablarga ega nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi va shaxsiy fazilatlari baholanadi.

 

Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimiga nomzodlarni ishga qabul qilish shartlari:

 

Oliy yuridik ma’lumotga, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2-yillik ish tajribasiga, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

 

Saylov qonunchiligini o‘zlashtirgan va xorijiy til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

 

Ushbu talablarga ega nomzodlar suhbatdan o‘tkaziladi va shaxsiy fazilatlari baholanadi.