O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI RAISINING O‘RINBOSARI BAXROM KUCHKAROVNING BRIFINGDAGI NUTQI

30.04.2023

10445

msk_yangiliklari_in

MSK Matbuot markazi

2023-yil 30-aprel

soat: 16:00

 

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Xonimlar va janoblar!

 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi referendumida fuqarolarning ovoz berish jarayonlari faol davom etmoqda.

 

Referendumda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy faollikni namoyon etmoqdalar.

 

Respublika hududidagi barcha 10 ming 758 ta referendum uchastkalaridan ovoz beruvchilar soni to‘g‘risida maʼlumotlar olib borilmoqda.

 

15:00 ga qadar olingan maʼlumotlarga ko‘ra O‘zbekiston hududida ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan 14 mln 206 ming 21 nafar yoki 73,17 (yetmish uch butun yuzdan o‘n yetti) foiz fuqarolar referendumda ovoz berdi.

 

Shunda, okruglar kesimida ko‘radigan bo‘lsak:

 

1-Qoraqalpog‘iston referendum okrugida – 76,56 foiz;

 

2-Andijon referendum okrugida – 78,46 foiz;

 

3-Buxoro referendum okrugida – 69,80 foiz;

 

4-Jizzax referendum okrugida – 72,71 foiz;

 

5-Navoiy referendum okrugida – 69,25 foiz;

 

6-Namangan referendum okrugida – 74,76 foiz;

 

7-Samarqand referendum okrugida – 73,70 foiz;

 

8-Sirdaryo referendum okrugida – 78,83 foiz;

 

9-Surxondaryo referendum okrugida – 69,56 foiz;

 

10-Toshkent viloyat referendum okrugida – 71,36 foiz;

 

11-Farg‘ona referendum okrugida – 77,53 foiz;

 

12-Xorazm referendum okrugida – 72,08 foiz;

 

13-Qashqadaryo referendum okrugida – 70,97 foiz;

 

14-Toshkent shahar referendum okrugida – 68,49 foiz fuqarolar ovoz berishda ishtirok etdilar.

 

Hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Kvanchju shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu uchastkalarda ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi.

 

Boshqa xorijiy mamlakatlarda tuzilgan referendum uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz xorijiy davlatlardagi referendum uchastkalarida 307 ming 895 nafar fuqarolar ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Shulardan 159 ming 276 nafari muddatidan oldin ovoz bergan.

 

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur