Sayt test rejimida ishlamoqda

  • s Uchastka saylov komissiyasi saylovchilardan pasport ma’lumotlarini olishga haqqi bormi?

    j

    Saylov kodeksining 52-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 2 iyuldagi 1343-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 62-bandiga muvofiq saylovchi saylov kuni ovoz berish binosiga kelgach, uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi (pasport, identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma).

     

  • s Nomzodning yaqin qarindoshlari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishi mumkinmi?

    j

    Saylov kodeksining 25-moddasiga ko‘ra nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

  • s Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldira olmaydigan shaxs nima qiladi?

    j

    Saylov kodeksi 55-moddasiga muvofiq Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

  • s Saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan fuqaro saylovda ishtirok eta oladimi?

    j

    Saylov kodeksining 4-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.

     

  • s O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalari tashkil etiladimi?

    j

    Saylov kodeksining 10-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 5 iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35-bandiga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati asosida Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin.