Sayt test rejimida ishlamoqda

№1374 Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ayrim yangi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1374                                                  2024-yil  29-avgust

 

 

Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ayrim yangi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 19-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari Kengashlarining tavsiyalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining ayrim yangi a’zolari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA