Sayt test rejimida ishlamoqda

№1366 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1366                                                  2024-yil  21-avgust

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 69 va 89-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etishga ijozat berilsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va matbuotda e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                   Z. Nizamxodjayev