Sayt test rejimida ishlamoqda

№1354 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1354                                                  2024-yil  26-iyul

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 36-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi 2024-yil 26-iyuldan boshlanishi e’lon qilinsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja (bundan buyon matnda Kalendar reja deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. Kalendar reja saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar va boshqa tegishli tashkilotlarga ijro uchun yuborilsin.

 

5. Belgilab qo‘yilsinki, saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar saylov komissiyalari, shuningdek saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan saylov to‘g‘risidagi qonunchilik, shuningdek Kalendar rejaga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                   Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA