O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1326 2024-yil 20-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi bajarilishini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev