O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1275 2023-yil 6-iyun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.M. Mirziyoyevning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 43-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ishonchli vakillari ilovaga muvofiq ro‘yxatga olinsin:
2. Ishonchli vakillarga belgilangan tartibda guvohnoma topshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov zimmasiga yuklansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev