O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1260 2023-yil 19-may
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 21-moddalariga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari ilovaga muvofiq tuzilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev