№1257 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1257                          2023-yil 15-may

 

 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berishni so‘rab taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 38 va 63-moddalariga hamda Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1067-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga ijozat berilsin.

 

2. Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda belgilangan miqdorda imzo varaqalarining blankalari siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga topshirilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                          Z. Nizamxodjayev