№1245 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1245                          2023-yil 1-may

 

 

2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi 2023-yil 10-martdagi 3017–IV-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi 2023-yil 14-martdagi SQ–702–IV-sonli qarorlariga muvofiq, 2023-yil 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumi o‘tkazildi.

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18, 38 va 39-moddalariga muvofiq hamda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining okrug bo‘yicha referendum natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Referendum yakunlariga ko‘ra ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 19 722 809 nafar fuqarolarning yarmidan ko‘pi, yaʼni 16 667 097 nafari yoki 84,51 foizi referendumda ishtirok etganligiga asoslanib, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

 

2. 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining natijalari quyidagicha tasdiqlansin:

 

referendumda ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy soni – 19 722 809 nafar;

 

ovoz berish byulletenlarini olgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar;

 

ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning soni – 16 667 097 nafar yoki ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy sonidan 84,51 foiz;

 

referendumga qo‘yilgan masalani yoqlab “Ha” deb berilgan ovozlar soni – 15 034 608 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi;

 

referendumga qo‘yilgan masalaga qarshi “Yo‘q” deb berilgan ovozlar soni – 1 558 817 yoki ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning 9,35 foizi;

 

haqiqiy emas deb topilgan ovoz berish byulletenlarining soni – 73 672 ta.

 

3. Referendumda ovoz berishda ishtirok etgan 16 667 097 nafar fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i, yaʼni 15 034 608 nafari yoki 90,21 foizi referendumga qo‘yilgan “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?” degan masalaga “Ha” deb yoqlab ovoz berdi.

 

4. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblansin.

 

5. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

6. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni hamda mazkur qaror referendum yakunlari rasmiy eʼlon qilingan kunning o‘zida uning ijrosini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.

 

7. Mazkur qaror hamda referendumda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining matni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining veb-saytida va rasmiy manbalarda eʼlon qilinsin.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

raisi                                                                Z. Nizamxodjayev

 

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNI