O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1222 2023-yil 31-mart
O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18 va 20-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 16-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash haqidagi 1209-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida referendum o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug komissiyasi (M.Daminov), referendum o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug komissiyasi (Sh.Sharipov), referendum o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasi (A.Magrupov) raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalari raislari:
O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Kalendar rejasida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilinishini;
referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarini tuzish bo‘yicha belgilangan tartib qoidalarni so‘zsiz bajarilishini;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalardan kuzatuvchilarga arizalar kelib tushishiga qarab, belgilangan namunadagi mandatlarni besh kunlik muddatdan kechiktirmay topshirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev