O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1204 2023-yil 30-yanvar
J.A.Artikxodjayevni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Jaxongir Abidovich Artikxodjayevning Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati sifatida vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan hamda Senat aʼzosi sifatida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Jaxongir Abidovich Artikxodjayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari ro‘yxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z.Nizamxodjayev