№1187 M.K.KAMALOVNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI AʼZOLARI ROʻYXATIDAN CHIQARISH TOʻGʻRISIDA

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1187                                                    2022-yil  5-sentabr

 

 

M.K.Kamalovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Murat Kallibekovich Kamalovning oʻz vakolatini zimmasidan soqit qilish haqida bergan yozma arizasiga muvofiq uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin. Shu munosabat bilan Murat Kallibekovich Kamalov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarilsin.

 

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                                     Z.Nizamxodjayev