O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1179 2022-yil 13-iyul
O‘zbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev
Qaror ilovasi (yuklab olish)