Osiyo Saylov Organlari Assotsiatsiyasi (AAEA) – Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi saylov organlarining mintaqaviy nodavlat tashkiloti hisoblanadi. AAEA 1998-yil 10-fevralda Manila shahrida (Filippin Respublikasi) boʻlib oʻtgan konferensiyada axborot almashinuvi, mintaqada ochiq va shaffof saylovlarni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi 2014-yildan AAEAning aʼzosi, 2022-yildan AAYEA Ijroiya Kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hozirgi kunda tashkilotga 19 ta davlat saylov organlari aʼzo hisoblanadi.