Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1185 2022-yil 30-avgust
Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev