25.10.2024

2393

msk_yangiliklari_in

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarlar uchun belgilangan saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni.

 

Saylov kuni 27-oktyabr va ovoz berishga bir kun qolganida 26-oktyabr kunlari saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

 

Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun oldin olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur