Markaziy saylov komissiyasi Raisi Fargʻona viloyatida uchastka saylov komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishga doir oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi

08.06.2023

7733

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 7-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasi Rais Z.Nizamxodjayev Fargʻona viloyatining Dangʻara, Buvayda, Oltiariq tumanlari hamda Fargʻona, Margʻilon, Qoʻqon shaharlarida boʻlib, Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishga doir oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi oʻquv-mashgʻulot ishtirokchilari bilan boʻlgan muloqot chogʻida muddatidan ilgari oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada tashkil etish, umum-eʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilgʻor milliy va xorijiy tajriba asosida oʻtkazishda mazkur oʻquvlarning ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek, MSK Raisi boʻlib oʻtgan saylov va referendum jarayonlarida uchastka komissiyalari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarning yechimlari, oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirish, saylov qonunchiligi talablarini ogʻishmasdan bajarish yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirib oʻtdi. 

Tashrif davomida MSK Raisi viloyatda tuzilgan saylov uchastkalari binolarini borib koʻrdi. Uchastka binolarida saylovchilar, USK aʼzolari, SJBAT bilan ishlovchi mutaxassislar va kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasiga muvofiq Fargʻona viloyati boʻyicha Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tashkil topgan respublika trenerlari oʻz faoliyatini samarali olib bormoqda. Ushbu respublika trenerlari nazorati ostida hududiy trenerlar tinglovchilarni interaktiv usullarda maʼruza, saylov jarayonining simulyatsiyasi, saylov jarayonlarini modellashtirish, videoroliklarni namoyishi va ulardagi harakatlarni muhokama qilish orqali oʻquv mashgʻulotlarini olib borishmoqda.

Fargʻona viloyatining barcha shahar va tumanlardagi 3599 nafar uchastka saylov komissiya raisi, oʻrinbosari va kotiblarini oʻqitish jarayonlari hududiy trenerlar tomonidan qatʼiy belgilangan reja-jadvali asosida olib borilmoqda va 6-iyun kuni holatiga 2048 nafar tinglovchilarning malakasi oshirilishiga erishildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur