Mazkur loyihada MSK faoliyati, saylov jarayonlari hamda saylov qonunchiligiga oid savollar bilan hamyurtlarimizga yuzlangan holda aholining saylov jarayonlariga oid savodxonliklarini ijtimoiy so‘rovnoma tarzida o‘rganiladi.
“Sharh +“ning navbatdagi 10-sonida “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati nimalardan iborat?”, “Oliy Majlis Senati vakolati nimalardan iborat?”, “Mahalliy Kengashlarning vakolati nimalardan iborat?” hamda “Ko‘ppartiyaviylik deganda nimani tushunasiz?” kabi savollarga yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari hamda ularga s.f.d., dotsent Asror Sattarov tomonidan sharh berib o‘tilgan.