O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari ro‘yxatga olindi

16.11.2024

1850

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 16 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14 noyabrdagi PF–187-son Farmoniga asosan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatga olindi.

 

 

Bundan tashqari, joriy yilning 7−12-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash bo‘yicha o‘tkazilgan mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlislari bayonnomalari muhokama qilinib, ular asosida Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

 

Jumladan, yangidan shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha:

 

senatorlarning 26,4 foizini xotin-qizlar tashkil etdi;

 

1 nafari – 30 yosh, 41,6 foizi – 40 yoshdan 60 yoshgacha, 56,6 foizi – 60 yoshdan kattalarni tashkil etdi;

 

98,3 foizi oliy ma’lumotli bo‘lib, 31,6 foizi ilmiy darajaga ega;

 

senatorlarning 25 foizi – iqtisodchilar, 13,3 foizi – huquqshunoslar, 26,6 foizi – pedagoglar, 13,3 foizi – muhandislar, 5 foizi – tibbiyot sohasi vakillari, 16,8 foizini esa – madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar tashkil etadi.

 

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq 2024-yil 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasining va 2024-yil 19-noyabr kuni Senatning birinchi majlislarini Toshkent shahrida chaqirilishi belgilandi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur