O‘zbekiston MSK vakili — Yoshlar xalqaro festivali g‘oliblari safida

14.09.2026

207

msk_yangiliklari_in

Rossiya Federatsiyasida Yoshlar xalqaro festivali – 2026 o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu xalqaro tadbir 191 ta davlatdan qariyb 10 ming nafar yosh ishtirokchilarni birlashtirdi. 2026-yil 11-sentabrdan Yekaterinburg shahrida boshlangan festival doirasida turli mamlakat yoshlar vakillari o‘rtasida tajriba, bilim va g‘oyalar almashinuviga qaratilgan ma’ruzalar, muhokamalar, ta’lim dasturlari, ishbilarmonlik o‘yinlari hamda boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

Festival doirasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasining saylov tizimlari, zamonaviy ovoz berish texnologiyalari, jamoatchilik nazorati va xalqaro kuzatuv masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq saylovlar” dasturi bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasidagi tadbirlardan biri turli mamlakatlardan kelgan yosh mutaxassislar ishtirokidagi debatlar va intellektual bellashuv (Brain-Ring) bo‘ldi.

 

Bellashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro hamkorlik bo‘limi yetakchi maslahatchisi L. Ismoilov g‘oliblar safida birinchi o‘rinni egalladi. RF MSK Raisi E. Pamfilova unga Faxriy sertifikatni topshirdi.

 

     

 

O‘zbekiston Respublikasi MSK vakillarining Yoshlar xalqaro festivalidagi ishtiroki davom etmoqda. 17-sentabrga qadar davom etadigan festivalning keyingi dasturi doirasida xalqaro tajriba almashish va kasbiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim va muhokama tadbirlari, saylov organlari va turli mamlakatlardan kelgan yosh mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur