O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan mahalliy kengash saylovlarini kuzatdi

19.11.2024

1100

msk_yangiliklari_in

17-noyabr kuni Qirg‘izistonda mahalliy kengash saylovlari bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi mazkur saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari B. Yunusov va A. Ibodullayev hamda MSK AKT bo‘limi bosh maslahatchisi F. Xamrayev ovoz berish kunida Bishkek shahrida ovoz berish uchastkalarida kuzatuv olib borib, ovoz berish jarayonlari, tashkiliy chora-tadbirlar, aholining saylovdagi ishtiroki bilan yaqindan tanishdi.

 

Ta’kidlash lozimki, shahar kengashlari deputatlari (993 mandat) proporsional tizim asosida partiyaviy ro‘yxatlar orqali, qishloq kengashlari deputatlari (5391 mandat) esa bir mandatli saylov okruglarida majoritar tizim asosida saylandi. Saylovda masofaviy ovoz berish birinchi marotaba 10 ta saylov uchastkasida qo‘llanildi.

 

 

Shuningdek delegatsiya a’zolari Qirg‘iziston Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi raisi N. Shayldabekova bilan uchrashdilar.

 

 

Markaziy saylov komissiyasining
Matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur