Belarus Respublikasi Prezidenti saylovlari xalqaro kuzatuvi dasturi doirasida, MSK raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Belarus MSK huzuridagi Axborot markazi ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
Shundan so‘ng, Axborot markazida “Vibor.VY” ta’lim o‘yinining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida siyosiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Saylov huquqining tarixi retrospektivasi” nomli ko‘rgazma bilan tanishdilar.