Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI TO‘G‘RISIDA AXBOROT

31.03.2023

2145

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 31-mart kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlariga oid masalalar o‘rin oldi.

Avvalambor, majlisda komissiya aʼzolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va MSK qaroriga muvofiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi missiyasi tarkibida qatnashadigan 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, 32 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining jami 175 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Endilikda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari soni jami 284 nafarni tashkil etmoqda.

Majlis davomida referendum o‘tkazuvchi 3-Buxoro, 4-Jizzax, 14-Toshkent shahar okrug komissiyalari raislarining referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlari xususida axborotlari tinglandi.

Majlisda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur