Markaziy saylov komissiyasining majlisi to‘g‘risida axborot

06.11.2026

41

msk_yangiliklari_in

2026-yil-6-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Majlisda Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi-2026-yil-14-oktyabrdagi Qonuniga muvofiqlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

 

 

 

Shuningdek, majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida saylov qonunchiligining bir xilda qo‘llanilishi, bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish amaliyoti hamda saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

 

 

 

Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda tegishli hududiy saylov komissiyalari vakillarining axborotlari tinglandi. Shuningdek, quyi saylov komissiyalarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur