Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Markaziy saylov komissiyasi majlisi to‘g‘risida axborot

05.06.2024

558

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 5-iyun kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda kun tartibiga muvofiq, Tuman, shahar saylov komissiyasi, Okrug saylov komissiyasi, Uchastka saylov komissiyasi to‘g‘risidagi hamda Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlashga oid masalalar ko‘rib chiqildi. 

 

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash davomida saylov komissiyasini tuzish, komissiya a’zolariga qo‘yiladigan talablar, tuman, shahar saylov komissiyasiga a’zolik, komissiya vakolatlari hamda komissiyasi ishini tashkil etish kabi jihatlar muhokama etildi va qaror qabul qilindi.

 

Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tuzish, saylov uchastkalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish kabi bir qator normalar belgilab berilmoqda. Majlisda mazkur nizom Markaziy saylov komissiyasi a’zolari tomonidan muhokama etildi va qaror bilan tasdiqlandi.

 

Shuningdek majlisda, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar yuzasidan ham muhokamalar olib borildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur