Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi "Call-center" ishga tushirildi

16.10.2024

13

msk_yangiliklari_in

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali ko‘rib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.

 

"Call-center" orqali saylov jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin. 

 

"Call-center" raqami: 1200

 

1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur