Kuzatuvchilar missiyalari vakillari Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi

25.10.2024

1249

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 25-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilar missiyalari a’zolari va xorijiy davlatlar saylov organlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Komissiya Raisi Zayniddin Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi saylovlarni kuzatish guruhi Koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi S.Lebedev, Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfik, Turkiy davlatlar PA Koordinatori Osman Mesten, Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.   

 

    

 

Mamlakatimiz davlat hokimiyati vakillik organlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yig‘ilishlarning asosiy mavzulari bo‘ldi.

 

Ta’kidlanganidek, Saylov kodeksiga kiritilgan yangi normalarga muvofiq mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim o‘zgarishlardan biri bu – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi, ya’ni mojaritar va proporsional saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tishidir. Shuningdek, uchrashuvlarda milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari, saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish Konsepsiyasi asosida barcha darajadagi saylov ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi qayd etib o‘tildi.

 

 

     

 

Suhbatlar chog‘ida, xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilganligi, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini alohida e’tirof etib o‘tishdi.

 

Xususan, MDH Ijroiya qo‘mitasi Bosh kotib S.Lebedevning qayd etishicha, “Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va huquqiy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bu tizim orqali siyosiy partiyalar nomzodlarning qonunchilik talablariga mosligi holati bo‘yicha saylov komissiyalari bilan tezkor ishlash imkoniyati yuzaga kelgan.”

 

     

 

Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov: - “Guvohi bo‘lganimizdek, jarayonlar OAV orqali qizg‘in yoritib borilmoqda. Ayollar va nogironligi bo‘lgan insonlarga yaratilayotgan sharoitlar ham alohida tahsinga sazovor ”

 

 

Ta’kidlash joizki, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilar missiyalari va delegatsiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli kuzatuvchi sifatida kuzatib boradi.

 

 

 

O‘zbekistonga tashrifi davomida missiyalar respublika bo‘ylab bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldilar hamda o‘z kuzatuvlari natijalariga ko‘ra tegishli xulosa va tavsiyalar berishni rejalashtirdilar.

 

 

 

             

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur