Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi 2026-yil 14-oktabrdagi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasining Reglamentiga oʻzgartirishlar kiritish hamda hududlarda saylov qonunchiligini bir xilda qoʻllanilishini oʻrganish natijalari koʻrib chiqiladi.
Majlis 2026-yil 6-noyabr kuni soat 15:00 da Komissiyasi binosida boʻlib oʻtadi. Majlis yakunlari toʻgʻrisida qabul qilingan qarorlar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati