09.05.2025

746

msk_yangiliklari_in

Bu yil mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. 

 

Har yili keng nishonlanadigan mazkur 9-may – Xotira va qadrlash kuni barchamiz uchun yuksak ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim sana hisoblanadi. 

 

Bu kunda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirlanadi, ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va keksalarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi. Bu esa millatimizga xos bo‘lgan ezgu qadriyatlarimizning yorqin misolidir.

 

Aziz vatandoshlar!

 

Sizlarni bugungi shonli sana bilan samimiy muborakbod etishdan g‘oyat mamnunmiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Vatanimiz tinchligi osoyishtaligiga ko‘z tegmasin. Ezgu qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan xotirlash va qadrlashdek ulug‘ insoniy fazilatlar bardavom bo‘lsin! 

 

El-yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan har bir yurtdoshimizga tinchlik omonlik, sihat-salomatlik tilaymiz.

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur