“21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimizning abadiy timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga ehtirom ifodasidir.
O‘zbek tili — asrlar davomida shakllanib, sayqallangan bebaho meros, xalqimizni birlashtiruvchi, tafakkur va madaniyatimizni ifoda etuvchi boylikdir. Bugun u nafaqat davlat tili, balki xalqimizning milliy iftixori, dunyo miqyosida e’tirof etilgan qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.
O‘zbek tili bayrami kuni — ona tilimizni sharaflash, uning qaddini va qadrini yanada yuksaltirish ayyomidir. Ayni paytda, bu bayram davlat tilining O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlar va elatlarning sevimli tiliga, ma’naviy ehtiyojiga, faxr-iftixoriga, el-ulusni birlashtiruvchi, hamjihatlikka chorlovchi, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu ulug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Ona tilimizga hurmat, so‘zga e’tibor, ma’rifat va milliy g‘urur har bir yurtdoshimiz hayotida doimo ustuvor bo‘lsin!
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.