Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

2023-YIL DUNYO BO‘YLAB O‘TKAZILADIGAN SAYLOVLAR HAQIDA MAʼLUMOT (Afrika qitʼasi bo‘yicha)

04.01.2023

1215

msk_yangiliklari_in

Nigeriya umummilliy saylovi 

25-fevral kuni Nigeriya Federativ Respublikasida umummilliy saylovi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, mazkur saylovda mamlakat prezidenti, vitse-prezident lavozimlari uchun hamda Senat va Vakillar palatasi aʼzolarini saylash uchun umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Gvineya parlament saylovi 

4-iyun kuni Gvineya Respublikasida navbatdan tashqari parlament saylov o‘tkaziladi. Mazkur saylov amaldagi prezident Umaro Sissoko tomonidan 2022-yil 16-mayida parlamentni tarqatib yuborilgandan so‘ng navbatdan tashqari o‘tkazilishi belgilangan.

Zimbabve umummilliy saylovi 

2023-yil Zimbabve Respublikasida prezidentlik va Milliy Assambleya aʼzoligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Zimbabve parlamentiga 270 nafar aʼzo saylanadi. Zimbabve saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. 

Gabon umummilliy saylovi

2023-yil Gabon Respublikasida prezident va parlament saylovi o‘tkazilishi belgilangan. Gabon Prezidenti ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi. Nomzodning qaysi biri birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, mutlaq ko‘pchilik ovozini olgan-olmaganidan qatʼi nazar, saylangan hisoblanadi. Milliy Assambleyaning 143 nafar aʼzosi esa bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ikki bosqichli tizimda saylanadi.

Liberiya umummilliy saylovi

2023-yil Liberiya Respublikasida prezident va Vakillar palatasini saylash uchun umumiy saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Prezident saylovi 2 tur saylov tizimida asosida tashkillashtiriladi. Vakillar palatasining 73 aʼzosi esa bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha mojaritar saylov tizimi orqali saylanadi.

Kongo umummilliy saylovi

20-dekabr kuni Kongo Demokratik Respublikasida Prezident, Milliy Assambleyaning 500 aʼzosi, 26 viloyat assambleyasi aʼzolari va yangi konstitutsiyaga muvofiq birinchi marta 300 ga yaqin kommuna (shahar) kengashlari aʼzolari uchun saylovlar o‘tkaziladi. 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur