18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18.11.2025

83

msk_yangiliklari_in

Ushbu kun xalqimizning mustaqillikka bo‘lgan qat’iy ishonchi, milliy o‘zligi, birlik va birdamligini ifoda etuvchi muhim tarixiy sanalardan biridir.

 

Davlat bayrog‘i — yurt sha’ni va g‘ururining timsoli, kelajak avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan buyuk qadriyatlardan biridir. Bugun biz ushbu ulug‘ ramz ostida yurtimiz taraqqiyoti, farovonligi va tinchligi yo‘lida birlashishdan g‘ururlanamiz.

 

Ona Vatanimiz mustaqilligi, g‘ururi va yuksak maqsadlarini mujassam etgan ushbu ramz har birimizni birlikka, fidoyilikka va Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlaydi.

 

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi.  Bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, xalqimiz birligi, tinchligi va farovonligini namoyon etib turaversin!

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur