14.01.2026

41

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Vatanimizni himoya qilishdek ezgu ishga o‘z hayoti va shijoatini bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi. 

 

Ushbu sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va mustaqilligimizni himoya qilishdek sharafli burchni o‘z zimmasiga olgan mard va jasur o‘g‘lonlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzidir.

 

Vatan himoyachilari — bu fidoyilik, sadoqat va mas’uliyat timsolidir. Ularning sa’y-harakatlari tufayli yurtimizda tinchlik barqaror, kelajagimiz porloqdir.

 

Barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar va yurt himoyasi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, oilaviy farovonlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur