SAYLOV JARAYONIDA TENG ISHTIROKCHILIK MASALALARI TASHKILOTCHILARINING DIQQAT MARKAZIDA

23.01.2024

2181

msk_yangiliklari_in

Bugun, 2023-yil 21-fevral kuni Toshkent shahrida Markaziy saylov komissiyasi va Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasi (IFES) hamkorligi doirasida saylov qonunchiligi bo‘yicha tarmoq analitik bilimlar bazasi (ACE saylov bilimlari tarmog‘i) resurslariga tayanadigan BRIDGE dasturi ishtirokida saylov tashkilotchilari vakillari uchun “Gender tengligi va saylovlar” mavzusida o‘quv seminari o‘z ishini boshladi.

 

Tadbirning ochilish marosimida MSK raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov, Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armasining (IFES) O‘zbekiston bo‘yicha direktori Tamar Jvaniya, IFES saylovlarni boshqarish, operatsiyalar va salohiyatni oshirish bo‘yicha maslahatchisi Pavel Kabachenko ishtirok etdi.

 

Taʼkidlanganidek, tashkil etilgan trening BRIDGE dasturining “Gender tengligi va saylovlar” moduli asosida olib borilmoqda.

 

Ushbu gender asosidagi modul turli xil saylov jarayonlarida ishtirok etishda erkaklar va ayollar duch keladigan to‘siqlarni, shuningdek, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun saylov komissiyalari va asosiy saylov hamkorlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qadamlar ko‘rib chiqiladi.

 

Uch kunlik seminar-treningda masalaga oid xalqaro tamoyillar va standartlar, ilg‘or tajribalar, muammolar, YXHT DIIHBning O‘zbekiston bo‘yicha hisobotlarida o‘z aksini topgan gender muammolari bo‘yicha tavsiyalar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar gender va saylov sohasidagi hamkorlik masalalarini, ayollarning saylov jarayonida samarali ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejalari va gender muammolarini hisobga oluvchi o‘zaro strategiyalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

O‘quv seminari yakunida ishtirokchilarga BRIDGE dasturida ishtirok etish bo‘yicha xalqaro sertifikatlar topshiriladi.

 

Trening tadbiri BRIDGE dasturi tomonidan akkreditatsiya qilingan xalqaro ekspertlar tomonidan olib boriladi.