MSKning norma ijodkorligi sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotnoma

2023-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazishni, shuningdek saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-883-sonli Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

 

Mazkur Qonun bilan Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga doir, shuningdek Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy Kengashlarga saylovlarni o‘tkazishga doir 14 ta nizom va yo‘riqnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, 3 tasini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish kerakligi aniqlandi.

 

Bugungi kunga qadar MSKning quyidagi nizom va yo‘riqnomalarining loyihalari ishlab chiqildi hamda MSKning tegishli qarorlari bilan qabul qilindi:

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 27-maydagi 1329-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Hududiy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 27-maydagi 1330-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 5-iyundagi 1335-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 5-iyundagi 1336-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Uchastka saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 5-iyundagi 1337-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024-yil 5-iyundagi 1338-son Qarori;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-iyundagi 1339-son Qarori;