Ovoz beruvchi ovoz berish byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa boʻladimi?

Ovoz berish byulletenini toʻldirilgan holda yoki uni toʻldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi. Ushbu xati-harakat referendumning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir.

 

Hurmatli fuqarolar yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, ovoz berish byulletenini ovoz berib boʻlgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz soʻraladi.