№1475 Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan Q.Xudoyqulovni deputat etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1475 2026-yil 27-noyabr

Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan Q.Xudoyqulovni deputat etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 73, 742, 961-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan Xudoyqulov Qaxramon Abdug‘apporovich deputat etib ro‘yxatga olinsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ro‘yxatga olingan deputatiga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishoni berilsin.

4. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga yuborilsin.

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

RaisZ. Nizamxodjayev