№ 990 2019-yil 26-noyabr
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI SAYLOVIDA XORIJIY DAVLATLAR VA XALQARO TASHKILOTLARDAN QATNASHADIGAN KUZATUVCHILARNI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga
binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
2019-yil 19-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston
Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan
qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14, 33-moddalariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI :
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan
kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.
2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X.Mamatov)
akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar
kuzatuvchilariga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlash hamda
xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish davrida o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun topshirilishini
tashkil etsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari
M. Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov