№ 981 2019-yil 14-noyabr
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlikning borishi va saylovning o‘tishini xolisona yoritib borish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari ilovaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Matbuot xizmati (N.Rizayev) akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishi va topshirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov