№ 914 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KOʻRISH VA UNI OʻTKAZISHNI MOLIYALASHTIRISH HAMDA MABLAGʻLARDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 914 2019-yil 27-may

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHAR KENGASHLARI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISHNI MOLIYALASHTIRISH HAMDA MABLAG‘LARDAN FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur Yo‘riqnoma qoidalari xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlarning moliyaviy ta’minot qismiga nisbatan qo‘llanilishi inobatga olinsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ijro uchun yuborilsin.

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

5. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari G. Raximova zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov