№ 905 2019-yil 18-yanvar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati nizomi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni 5, 14-moddalariga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2018-yil 27-dekabrdagi 898-son qaroriga asosan Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining yangi tashkiliy-tuzilmasi shakllantirilganligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati nizomi” yangi tahrirda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
RaisM. Abdusalomov